O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 259-sonli farmoni ijrosi doirasida “BYD Uzbekistan Factory” MChJ QKda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha trening o‘tkazildi. Tadbir komplayens xizmati xodimlari tomonidan tashkil etildi. Unda barcha departament rahbarlari, shuningdek Xaridlar, Moliya hamda Buxgalteriya departamentlari xodimlari ishtirok etdi. Tadbir halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek korrupsion xatarlarning oldini olishga qaratildi.