“O‘zavtosanoat kubogi” — futbol maydonidagi kurash...
Turnir davomida jamoalar maydonda keskin hujumlar va shiddatli kurash namoyish etdilar. Bu esa musobaqaga haqiqiy professional futbol ruhini baxsh etdi.
Dastlab, 3-o‘rin uchun “UzAuto Motors” AJ hamda “Uz Tong Hong Company” QK MChJ jamoalari o‘zaro bahs olib bordilar. Asosiy vaqt durang bilan yakunlandi, penaltilar seriyasida esa omad Uz Tong Hong Company jamoasiga kulib boqdi va jamoa 3-o‘rini qo‘lga kiritdi.
Final uchrashuvida “Uz Dong Yang Company” QK MCHJ jamoasi, “O‘zAuto Austem” MCHJ jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Keskin va murosasiz kechgan bahsning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa Uz Dong Yang Company jamoasi raqibini mag‘lub etib, O‘zavtosanoat kubogi g‘olibiga aylandi. “O‘zAuto Austem” MCHJ jamoasi kubokning faxrli 2-o‘rniga sazovor bo‘ldi.
Futbol uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi, jamoalar esa bosh sovrin uchun kechgan bahslarni munosib tarzda nihoyaladilar.