TTPU va Koreya Respublikasining “Gyeong-Buk” Technoparki president Ha In-Song hamda Ajin industrial Co.,LTD boshqaruvi raisi Seo Jung Xo Koreya-O‘zbekiston muhandis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladilar
TTPU va Koreya Respublikasining “Gyeong-Buk” Techn...
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Toʻychiev, Koreya Respublikasining “Gyeong-Buk” Technoparki president Ha In-Song hamda Ajin industrial Co.,LTD boshqaruvi raisi Seo Jung Xo Koreya-O‘zbekiston muhandis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Joriy yilning 8 may kuni imzolangan memorandumga ko‘ra, Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston oʻrtasida avtomobilsozlik va IT-sanoatida muhandis kadrlarni tayyorlash va talabalar almashinuvi bo‘yicha keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Bu haqida Koreyaning yetakchi axborot agentliklari tomonidan hamda (https://www.hankyung.com/article/202405098067h) maqolalar chop etildi