Ranglar sxemasi
Shrift o'lchami

Стратегии развития

“O‘ZAVTOSANOAT” AJ 2026-YIL RIVOJLANISH STRATEGIYASI

Xususiylashtirish va Davlat ulushini qisqartirish

 

O‘zbekston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son, 2023-yil 24-martdagi PQ-102-son, 2024-yil 19-apreldagi PQ-162-son va PQ-163-son, 2025-yil 21-apreldagi PQ-145-son qarorlari vaa 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son farmoni bilan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlariga muvofiq “O‘zavtosanoat” AJ tizimiga kiruvchi yuzdan ortiq korxonalardagi aksiya paketlari va ulushlar ommaviy savdolarga chiqarish orqali xususiylashtirish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkazib berildi.

Eksport bozorlarini kengaytirish

 

Chevrolet avtomobillarini Ozarbayjonda SKD (yirik uzelli yig‘ish) usulida ishlab chiqarish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, loyihaning keyingi bosqichi — Chevrolet Cobalt avtomobilini CKD (mayda uzelli yig‘ish) usulida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Portfelni yangilash

 

1. “UzAuto Motors” AJ Xorazm filialida Yangi rusumdagi yengil tijoriy avtomobil modellarini ishlab chiqarish

2. “UzAuto Motors”AJ tomonidan Chevrolet Cobalt modelini ishlab chiqarish hayotiy siklini qisman yangilash(MCM) orqali uzaytirish

3. “BYD UzbekistanFactory” MChJ QK tomonidan yangi rusumdagi avtomobil modelini ishlab chiqarish

Transformatsiya yo‘nalishi

 

1. “O‘zbekiston 2030” strategiyasini amalga oshirish hamda belgilangan strategik ko‘rsatkichlarga erishish ishlari amalga oshiriladi;

2. BCG xalqaro konsultanti tomonidan ishlab chiqilgan 2030-yilgacha bo‘lgan strategiya doirasida Jamiyatning 2026-yilda maqsadli operatsion modeli ishlab chiqiladi;

3. Barqaror rivojlanish strategiyasi doirasida “UzAuto Motors” AJ tomonidan 2026-yilda ESG hisoboti bo‘yicha xalqaro agentlik reytingini olish rejalashtirilgan;

4. “2026-yil uchun Aksiyador kutilmalari”da belgilangan vazifalar bajarilishi ta’minlanadi.

Yangi texnologiyalar transferi

 

 Sun’iy intellekt texnologiyalarini sifat nazorati, mehnat muhofazasi va energiya samaradorligiga joriy etish orqali ishlab chiqarishni raqamlashtirish, mahsulot sifatini oshirish, xodimlar xavfsizligini ta’minlash hamda resurslardan oqilona foydalanish orqali korxona raqobatbardoshligini kuchaytirish 

Inson resurslarini rivojlantirish

 

1. Avtomobilsozlik tarmog‘ida yangi ish o‘rinlari yaratish.

2. Respublika hududlarida ilg‘or muhandislik maktablarini tashkil etish.

3. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish

Atrof-muhit muhofazasi

 

1. Suv tozalash inshooti uskunalarini zamonaviysiga almashtirish (kimyoviy nasoslar, kimyoviy reaksiya lar jarayonidagi aralashtirgich, kimyoviy laboratoriya).

2. Atmosfera havosini ustuvor turg‘un ifloslantiruvchi manbalaridan chiqadigan tashlanmalarni online tahlil qiluvchi 2dona avtomatik stansiyalarni o‘rnatish.
3. Quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatish.
4. Ekologik, ijtimoiy va korporativ dasturlar ishlab chiqib, ESG milliy hisobotini yo‘lga qo‘yish.
5. Bo‘yoqlash sexida mavjud chang-gaz tozalash uskunalarini rekonstruksiya qilish.

 

 

 

 

 



Обновлено: 06-04-2026