TTPU vakillari ishlab chiqarish korxonalariga tash...
2024-yil 27-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti vakillari Farg‘ona viloyatida joylashgan “Avtooyna”, “UzSungwoo” korxonalari hamda Andijon shahrida ish faoliyatini boshlagan “VUM-FAW Trucks Uzbekistan” zavodiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar korxonalarning zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari bilan yaqindan tanishib, texnologik jarayonlar, sifat nazorati va muhandislik yechimlari bo‘yicha fikr almashdilar.
Universitet vakillari korxona xodimlari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining ta’lim yo‘nalishlari, malaka oshirish kurslari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda xalqaro hamkorlikdagi dasturlar haqida taqdimot o‘tkazdi. Taqdimot davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Ushbu tashrif universitet va avtomobilsozlik sohasi korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusida malakali muhandis kadrlarni birgalikda tayyorlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.