“O‘zavtosanoat” AJ rahbariyatining talabalar bilan...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zavtosanoat” AJ rahbariyatining talabalar bilan mamlakat avtomobil sanoatini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari, shuningdek, bitiruvchilarning kelgusida tizim korxonalarida ish bilan ta’minlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Talabalarga avtomobil sanoatining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, mahalliylashtirish jarayonlari hamda eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va zamonaviy ishlab chiqarish yondashuvlari yuzasidan tushuntirishlar taqdim etildi.
Tadbir doirasida talabalar avtomobil sanoatining bugungi holati, uning kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda sohada yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.