“O'zavtosanoat” AJda iqtisodiy o'qish tashkil etil...
2026-yil 25-fevral kuni O‘zavtosanoat AJ xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevralda qabul qilingan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari hamda O‘zbekiston – 2030 strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-22-son Farmoni mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan iqtisodiy o‘qish tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda "O‘zbekiston – 2030" strategiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, Farmon asosida “O‘zavtosanoat” AJ oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar tahlil qilindi. Xususan, avtomobilsozlik sanoatini izchil rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish hamda ekologik talablar asosida zamonaviy transport vositalari ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida belgilangan topshiriqlarning ijrosini samarali ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.