“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq hasharida “Toshkent traktor zavodi” MChJ mehnat jamoasi ham faol qatnashdi.
Korxona xodimlari hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni tartibga keltirish va ko‘chat ekish ishlarida katta faollik ko‘rsatdilar.
Jumladan, mahallalar, ko‘chalar va xiyobonlarda hududlarni tozalash, ariqlarni tartibga solish, daraxtlarni parvarish qilish hamda yangi gul ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur hashar aholining birdamligi va hamjihatligini yana bir bor namoyon etib, hududlar yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishiga xizmat qildi.