O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 13–14 mart kunlari mamlakatimiz hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hasharlari tashkil etildi.
Mazkur tashabbus doirasida “UzAuto Motors” AJ xodimlari tomonidan ham hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. Tadbir davomida ishlab chiqarish maydonlari, ijtimoiy obyektlar hamda ularga tutash hududlarda tozalash va tartibga keltirish ishlari bajarildi.
Bunday tashabbuslar hududlarning ozodaligini ta’minlashga, ekologik madaniyatni rivojlantirishga hamda jamoada hamjihatlik va mas’uliyat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.