Telegram messenjerida soxta akkauntlar orqali «O‘zavtosanoat» AJ rahbariyati nomidan murojaatlar tarqatilmoqda.
Mazkur murojaatlarda keltirilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi hamda Jamiyat faoliyati, uning rahbariyati va jamoasiga aloqador emasligini ma’lum qilamiz.
Ta’kidlash joizki, «O‘zavtosanoat» AJ rahbariyati va mutaxassislari xodimlar hamda uchinchi shaxslarni rasmiy tarzda xabardor qilish uchun messenjerlardagi shaxsiy akkauntlardan foydalanmaydi, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni bunday yo‘l bilan so‘ramaydi.
Ushbu xabarlar firibgarlar tomonidan tarqatilmoqda. Shu munosabat bilan «O‘zavtosanoat» AJ foydalanuvchilardan tarqatilayotgan ma’lumotlarga ishonmaslikni va shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslikni qat’iy so‘raydi.