“Turin x IT Park: AI Hackathon 2025” ochilish maro...
2025-yil 23-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Turin x IT Park: AI Hackathon 2025” xakatonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda, "O‘zAvtosanoat" AJ bosh homiyligida tashkil etildi.
Ochilish marosimida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi prorektori Ashurov Alisher Abdimavlonovich, Moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Baxtiyor Yoqubov, "UzAuto Motors" AJ Axborot texnologiyalari direksiyasi direktori Aziz Abdullaev, shuningdek, IT Park vakillari ishtirok etdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–358-sonli qarorida belgilangan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ni amaliyotda tatbiq etishga qaratilgan bo‘lib, yoshlarning sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohasidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy texnologiyalarga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan.
Xakatonning "1-checkpoint" bosqichiga 120 nafarga yaqin ishtirokchi yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, 45 ta jamoa shakllantirildi.